12:45 02.12.2021
140

BIZ_OITSGA_QARSHIMIZ

«1-dekabr Butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida «Biz OITSga qarshimiz. Siz ham bizga qo’shiling!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Dastlab ijod maktabi shifokori M.Yusupov OITS kasalligi bo’yicha o’quvchilarga taqdimot orqali mazkur kasallik haqida batafsil tushunchalarni berdi. Shundan so’ng o’quvchilar ishtirokida hayotiy voqea asosida tayyorlangan sahna ko’rinishi va ijod maktabi jamoasi bilan birgalikda tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Mavzu yuzasidan savol va javoblar o’tkazildi. Tadbirda o’quvchilar ushbu kasallik haqida tushunchalarga ega bo’ldilar hamda o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, OITS haqida ma’lumotlar aks etgan buklet va tarqatma materiallar o’quvchilarga tarqatildi.