Davlat bayrog`i kuni
O`zbekiston Respublikasi tarixida birinchilardan bo`lib qabul qilingan ramz shubhasiz bu O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i hisoblanadi. Respublikamizning turli hududlarida ushbu ramzimizning 30 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda. Jumladan, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida ham O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`i qabul qilinganligining 30 yilligi nishonlandi.



Tadbirda Arnasoy tumanining umumiy o`rta ta’lim maktablarida tahsil oluvchi o`quvchi yoshlari mehmon sifatida ishtirok etishdi. Tadbirda shu kunga qadar O`zbekiston hududidagi amalda bo`lgan bayroqlar haqida tadbir ishtirokchilariga qiziqarli ma’lumotlar berildi.

“Yosh kitobxon” to`garagi a’zolari ramzimiz haqida sahnaviy chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Tadbir yakunida Arnasoy tumani o`quvchilari hamda ijod maktab yoshlari o`rtasida mushoira bellashuvi o`tkazildi.
