Agentlik rahbari va viloyat hokimining tashrifi

Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabiga Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova va Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyevlar tashrif buyurdi. Tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsad: maktab ehtiyojidan kelib chiqib, zamonaviy sport zal, 180 o`ringa mo`ljallangan yotoqxona, 120 o`rinli oshxona va 80 o`rinli kutubxona binolarining qurilish rejalarini ko`zdan kechirish hamda ushbu zamonaviy binolarga ramziy tamal toshini qo`yishdan iboratdir.



Tashrif davomida mutasaddilar ijod maktabida o`quvchilar bilan uchrashib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yana bir bor tanishib o`tdi.