14:41 27.11.2021
301

#Yashil_makon

2021-yil 9-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida «Yashil makon» umummilliy loyihasi ham muhokama qilindi. Loyiha doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

           Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida ham ushbu loyihaga start berildi. Loyiha doirasida maktab hududi va hudud atrofiga 90 tup manzarali daraxt hamda 140 tub manzarali buta ko`chatlari ekildi. Daraxt va butasimonlar havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, atrof-muhitni shovqin va turli xil (tuz) changlardan himoya qiladi.

             Maʼlumotga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 3 trln atrofida daraxt mavjud. Biroq har bir daqiqada ularning 27 ta futbol maydoniga teng qismi kesilmoqda.