07:03 15.10.2021
298

Qo’mondon tashrifi

14-oktabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga “Qo`mondon va yoshlar” uchrashuvi doirasida Markaziy harbiy okrug qo`shinlarining qo`mondoni polkovnik Saidov_Aybek_Azadovich tashrif buyurdi.

Tashrif jarayoni Markaziy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondoni Saidov Aybek Azadovichning esdalik uchun ijod maktabining “Mehmonlar kitobi”ga o`z tilak va so`zlarini qayd etishi bilan boshlandi.

So`ngra o`quvchilarga hozirgi kundagi Mudofaa vazirligi tomonidan olib borilayotgan islohotlar va qurolli kuchlar tizimidagi erishilgan yutuqlarni yoshlarga ma’lumot o`rnida aytib o`tdi.

Davra suhbati ochiq suhbat asosida tashkil etilib, unda o`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etishdi va savollariga qo`mondonning shaxsan o`zidan javob olishdi.

Tadbirning badiiy qismida esa o`quvchilar o`z qalamlariga mansub ijodiy ishlarini tadbir ishtirokchilariga taqdim etishdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan o`quvchilar va maktab ma’muriyatiga Markaziy harbiy okrugi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg`alari topshirildi va o`z navbatida ijod maktab ma’muriyati ham hamkorlik uchun Saidov Aybek Azadovichga esdalik uchun o`quvchilar qalamiga mansub ijodiy ishlar to`plamini hadya etdi.  “Qo`mondon va yoshlar” yoshlar uchrashuvining so`nggida Markaziy harbiy okrug maxsus qo`shinlarning jangovar chiqishlari namoyish etildi.