14:11 02.05.2023

O’quv tizimi

Ijod maktabida ta’lim 5 yil (VII-XI sinflar) davom etadi va tayanch umumiy o`rta ta’lim doirasida V-IX sinflar, umumiy o`rta ta’lim X-XI sinflar bosqichlaridan iborat bo`lib, kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.

Tayanch umumiy o`rta ta’lim o`quvchilarga yo`nalishni ixtiyoriy ravishda tanlash asosida umumta’lim muassasasining X-XI sinflarda, akademik litseylar yoki kasb-hunar maktablarida ta’limni davom ettirish huquqini beradi.

Umumiy o`rta ta’lim (X-XI sinflar) – umumta’lim va ijodiy fanlar dasturlarini o`zlashtirish asosida o`quvchilarda ijtimoiy hayot uchun zarur bilim, ko`nikma va malakalarni egallash, kompetensiyalarni shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning kasb-hunar olishga bo`lgan ehtiyojini shakllantirishga yo`naltiradi hamda ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.

Umumiy o`rta ta’lim — maktab-internati bitiruvchilariga yo`nalishni ixtiyoriy ravishda ta’limni professional ta’lim muassasalari va oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish huquqini beradi.

Ijod maktabida o`qish-tarbiyaviy ishlar Agentlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy o`quv rejaga ko`ra ishlab chiqiladigan o`quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Ijod maktabidagi o`quv-tarbiya jarayoni bilan bog`liq boshqa masalalar umumiy o`rta ta’limning davlat ta’lim standartiga muvofiq belgilanadi.

Ijod maktabida o`quvchilar 5 mahal bepul ovqat bilan ta’minlanadilar. O`quvchilarning yashashi uchun 180 o’ringa ega yotoqxona va lozim darajadagi shart-sharoitlar yaratiladi.

Tibbiy komissiya xulosasiga asosan bolalarga yakka tartibda uyda yoki masofaviy ta’lim berish tashkil qilinishi mumkin.

Ijod maktabida sinfdan tashqari mashg`ulotlar va kasbga yo’naltirilgan 10 dan ortiq to`garaklar faoliyati yo`lga qo’yilgan, o`quvchilarning qiziqishi, qobiliyatini hisobga olgan holda to’garaklar o`tkaziladi.