18:32 11.05.2022
144

9-may!

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchi va o‘qituvchilari “9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Jizzax shahri Qassoblik mahallasida istiqomat qiluvchi II jahon urushi qatnashchisi 98 yoshli Xolmat ota Sharipov hamda Jizzax shahri O‘ratepalik mahallasida istiqomat qiluvchi 59 yoshli Afg’on urushi qatnashchisi Sharof Xoshimov xonadonlariga borib hollaridan xabar olindi. Xolmat ota Sharipovga urushda g‘alabamizga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirishdi. Xolmat ota o‘quvchilarga urushning nechog‘lik daxshatli va musibatli ekanligini, bugungi tinch zamonimiz uchun esa har bir kunimizda shukronalik hissi bo‘lish kerak ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.