14:23 10.03.2026
210

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida erta tongdan maktabimizning ayol ustozlari o‘quvchilar tomonidan gullar bilan samimiy kutib olindi. Kun davomida bayramona muhit hukm surdi.

Kunning ikkinchi yarmida esa o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Ushbu bayram tadbiri ustozlarga hurmat va e’tibor ifodasi sifatida barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.