12:24 07.03.2024
138

8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami !

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o’quvchilari erta tongdan ayol o’qituvchi va xodimlarni gullar bilan kutib olishdi va bayram bilan tabriklashdi. Subhidamdan hammaga bayram kayfiyati ulashildi.

🌹Aziz opa-singillar, barchangizni ko‘klamning eng nafis ayyomi 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Hayotimizga mazmun bag‘ishlaydigan, bizni hamisha odamiylik, oliyjanoblik sari chorlaydigan, sadoqat sohibasi bo‘lmish siz munis ayollarning mehr-muhabbatingiz va zahmatingizni hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.

Bugungi muborak ayyom kunlarida Sizlarga oilaviy baxt-saodat, mustahkam sog‘lik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, farzandlar kamolini ko‘rib yurishingizni tilaymiz. Doimo bahoriy kayfiyat va go‘zallik hamrohingiz bo‘lsin.

Hurmat bilan,
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi jamoasi