09:32 09.04.2026
174

6-aprel sanasida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 7–11-sinflar uchun “Kelajak soati” doirasida “Amir Temur – buyuk sohibqiron” mavzusida ochiq darslar tashkil etildi.

Darslar davomida buyuk sarkardaning hayoti, davlat boshqaruvidagi faoliyati hamda tarixiy ahamiyati haqida keng va qiziqarli ma’lumotlar berildi. Interaktiv metodlar, videomateriallar hamda turli ijodiy topshiriqlar orqali mavzular o‘quvchilarga yanada tushunarli va esda qolarli tarzda yetkazildi.

O‘quvchilar o‘zlarining mavzuga oid ijodiy ishlari, fikr va qarashlarini tengdoshlariga taqdim etib, faol ishtirok etdilar.

Mazkur ochiq darslar yoshlar qalbida vatanparvarlik, adolat, yetakchilik hamda mas’uliyat kabi muhim fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.