info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

2-Bosqich imtihonlari

08:20 03.08.2021

25.07.2021 kuni ijod maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi  —  test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Agentlik rahbari Hilola Umarova Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi, talabgor-o’quvchilarga omad tiladi:

-Ijod maktablarining birinchi bosqichini yakunlab, mana ikkinchi bosqichda ham o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazdingiz. Sizlarga bu bosqichda ham omad yor bo‘lsin. Ishonamanki, sizlar ham kelajakda oltin fondimizning vatanparvar, barkamol va iqtidorli yoshlari qatoridan joy olasiz.

Ma’lumot o‘rnida, imtihon karantin qoidalariga rioya qilingan holda o’tkazildi. Jarayonni sifatli tashkil etish uchun barcha chora-tadbirlar ko’rilgan.