17-dekabr kuni shoir, nosir, jamoat va davlat arbobi, senator “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Farmon Toshev Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi.





Yozuvchilar uyushmasi hamda Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo’limi va ijod maktabi hamkorligida o’tkazilgan uchrashuvda ijodkor “Ijodkorlik nazariyasi va psixologiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ijodiy uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o’tdi. O‘quvchilar shoirning she’rlaridan namunalar aytishdi.