06:49 03.10.2025
70

1-oktyabr-“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Ustozlarga ehtirom!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda ijod maktabining pedagog jamoasi, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirok etdi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etildi. Tadbirni ijod maktabi direktori D.Xamdamova ochib berib, ustoz va murabbiylarni bayram bilan samimiy qutladi.