info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

Zulfiya tavalludining 106 yilligi

08:37 02.03.2021

2021 yil 1 mart kuni Zulfiya tavalludining 106 yilligi munosabati bilan Jizzax shahrida “O‘zbegim Zulfiyasi” nomli turkum tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Dastlab tashkilot va muassasalar tomonidan Hamid Olimjon va Zulfiya haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Respublikamizning turli hududlaridan kelgan mehmonlar ham ushbu marosimda ishtirok etishdi. Jizzax davlat Pedagogika instituti Madaniyat saroyida “Zulfiya ijodi va adabiy badiiy merosining halqaro ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. Konferensiyani Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari N.Muxtorova ochib berdi. Shundan so‘ng Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi rahbari H.Umarova konferensiya ishtirokchilarini qutladi. Konferensiya doirasida uch nafar ma’ruzachilar jumladan, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan Xa Nargiza Umarovna ishtirok etib ma’ruza qildi.

Ayni paytga qadar xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun jami 150 ga yaqin ilmiy ishlar nafaqat yurtimiz, balki boshqa davlatlardan kelib tushdi.