info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

Vatanparvarlik oyligi

09:02 13.01.2021

2021-yilning 12-yanvar kuni “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabida maktabning Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida va chaqiriqqacha harbiy tayyorlash bo`yicha direktor o`rinbosari tashabbusi bilan Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabida Jizzax shahridagi 10-umumta’lim maktabining “Qalqon” jamoasi, Viloyat mudofaaga ko`maklashuvchi Vatanparvar tashkilotining “Burgutlar” hamda Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabining “Temur izdoshlari” jamoalari o`rtasida sportning futbol turi bo`yicha musobaqa tashkillashtirildi.

Musobaqa yakuniga ko`ra, Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabining “Temur izdoshlari” jamoasi 1-o`rinni, Vatanparvar tashkilotining “Burgutlar” jamoasi 2-o`rinni hamda Jizzax shahridagi 10-umumta’lim maktabining “Qalqon” jamoasi 3-o`rinni qo`lga kiritdi. G`olib jamoalarga maktab-internatning qimmatbaho sovg`lari topshirildi.