info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

“Til maʼnaviy merosimiz”

20:47 22.10.2020

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab internatida 21 oktyabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Til maʼnaviy merosimiz” mavzusida maʼnaviy maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni viloyat hokimligi kotibiyati mudiri B.Ibodov ochib berdi. Shuningdek, “Jizzax ovozi” gazetasi bosh muharriri A.Mustafoyev, Jizzax Politexnika instituti katta o‘qituvchisi B.Rashidova tabrik uchun so‘z oldi. Tadbirni ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari G.Abdullayeva va N.Ashirmatova olib bordi. Unda o‘quvchilar tomonidan allomalarimizning hikmatlari, o‘z ijod namunalari hamda sahnaviy ko‘rinish va raqslardan iborat bayram dasturini namoyish etildi. O‘quvchilarning chiqishlari bayramga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Tadbirdan so‘ng mehmonlar Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi tomonidan tayyorlangan “Til tarixdan so‘zlaydi” nomli amaliy ko‘rgazmani tomosha qilishdi. Tadbir O‘zbekiston Axborot agentligi, Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi, “Jizzax haqiqati” va “Jizzax ovozi” gazetalarida yoritildi.