info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

Tashrif

06:33 28.11.2020

27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Umarova Hilola O‘ktamovna Agentlik tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi o‘zbek tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida maktab-internati faoliyati bilan yaqindan tanishildi, pedagog xodimlar va o‘quvchi yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi.

Tashrif jarayonida Agentlik tizimida tashkil etilgan ijodiy tanlov g‘oliblari, mahalliy olimpiyada va ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari munosib taqdirlandi.

Maktab-internati rahbariyati tomonidan ta’lim muassasasi faoliyati bilan bog‘liq taklif va mulohazalar bildirildi.