info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

Tanlov

10:58 31.10.2020

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida 21-oktabr – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Eng yaxshi insho mualliflari” ijodiy ishlar tanlovi gʻoliblari aniqlandi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan tanlov 7-9-sinf va 10-11-sinf oʻquvchilar oʻrtasida ikki bosqichda oʻtkazildi.

Birinchi bosqich maktablar doirasida oʻtkazildi va unda jami 300 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Har bir guruhda 1-, 2- va 3-oʻrin olgan oʻquvchilar ikkinchi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi. Ikkinchi bosqichda jami 74 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.

Tanlovning xolisligini taʼminlash maqsadida ishtirokchilarning ismi-sharifi va taʼlim oladigan maktablari maxsus raqamlarga almashtirildi. Tanlov ishlariga maxsus raqamlarni Agentlik xodimlari qoʻyib chiqqanlaridan soʻng, ularni hakamlar hayʼati aʼzolariga baholash uchun topshirildi.

Ikkinchi bosqichda ijodiy ishlarni baholash boʻyicha hakamlar hayʼatiga Agentlik tasarrufidagi maktablardan besh nafar mutaxassis jalb qilindi. Hakamlar hayʼati aʼzolari Agentlik mutaxassislarining nazoratida har bir ishni mustaqil baholashdi.

Hakamlar hayʼati qaroriga koʻra quyidagi oʻquvchilar tanlov gʻoliblari va sovrindorlari deb topildi:

Birinchi guruh (7-9 sinf)

1-oʻrin
Yasmina Tursinaliyeva (H.Xudoyberdiyeva ijod maktabining 7-sinf oʻquvchisi)

2-oʻrin
Sevinch Akramjonova (H.Xudoyberdiyeva ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi)
Farangiz Aktamxonova (A.Qodiriy ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi)

3-oʻrin
Abbos Xamroqulov (X.Olimjon va Zulfiya ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi)
Dilnavo Sobirova (A.Oripov ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi)
Gulruh Rayimjonova (E.Voxidov ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi)

Ikkinchi guruh (10-11 sinf)

1-oʻrin
Muattar Mamatkarimova (E.Voxidov ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi)

2-oʻrin
Dildora Xabibullayeva (M.Yusuf ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi)
Munisa Rafiqjonova (I.Ibrat ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi)

3-oʻrin
Munavara Abdulhayeva (M.Yusuf ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi)
Robiya Kimsanboyeva (E.Voxidov ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi)
Umida Mavlonova (X.Olimjon va Zulfiya ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi)

Tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan 1-oʻrin kompyuterlar bilan, 2-oʻrin egalari planshetlar bilan va 3-oʻrin oʻrin egalari telefon bilan taqdirlanadilar