info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

So’nggi qo’ng’iroq!

12:38 05.06.2021

5-iyun kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “So’nggi qo’ng’iroq” tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirni Jizzax viloyat hokimi o’rinbosari Jo’raqulov Furqat Noryigitovich tabrik so’zi bilan ochib berdi va ijod maktabi o’z faoliyatini boshlagandan buyon barcha erishgan yutuqlari ta’kidlandi. Tadbir badiiy qism bilan ulanib, o’quv yili davomida faollik ko’rsatgan, tashabbuskorligi bilan ko’pchilikka namuna bo’lgan pedagog xodim, tarbiyachi va faol o’quvchi yoshlar viloyat hokimligi tomonidan tashakkurnoma, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. “Hamid Olimjon va Zulfiya” nomidagi stipendiya sovrindorlari taqdirlandi. Ijod maktabining “Yil ijodkori”, “Yil faoli”, “Yil a’lochisi” statuetka va guvohmonalari bitiruvchi sinf o’quvchilariga taqdim etildi. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi madhiyasi ilk marotaba o’quvchilar jo’rligida jarang sochdi.