info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

O‘tkir Hoshimov xotirasi muqaddas

07:25 08.04.2021

7 — aprel kuni Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O‘tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “O‘tkir Hoshimov xotirasi muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Jizzax Davlat Politexnika Instituti, Jizzax Davlat Politexnika Instituti qoshidagi akademik litsey hamda ijod maktabi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda O‘tkir Hoshimov asarlari yuzasidan ochiq munozara bo‘ldi va uning ijodiga oid sahna ko‘rinishlari va she’rlar namoyish etildi. Tadbir yakunida hamkor tashkilotlar o‘rtasida taqdirlash marosimi o‘tkazilib, tashakkurnoma esdalik sovg‘alari ulashildi.