info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

O’quv tizimi

08:06 13.01.2021

Maktab-internatida talim 6 yil (V-XI sinflar) davom etadi va tayanch umumiy o`rta ta’lim doirasida V-IX sinflar, umumiy o`rta ta’lim X-XI sinflar bosqichlaridan iborat bo`lib, kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.

Tayanch umumiy o`rta ta’lim o`quvchilarga yo`nalishni ixtiyoriy ravishda tanlash asosida umumta’lim muassasasining X-XI sinflarda, akademik litseylar yoki kasb-hunar maktablarida ta’limni davom ettirish huquqini beradi.

Umumiy o`rta ta’lim (X-XI sinflar) — umumta’lim va ijodiy fanlar dasturlarini o`zlashtirish asosida o`quvchilarda ijtimoiy hayot uchun zarur bilim, ko`nikma va malakalarni egallash, kompetensiyalarni shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning kasb-hunar olishga bo`lgan ehtiyojini shakllantirishga yo`naltiradi hamda ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.

Umumiy o`rta ta’lim — maktab-internati bitiruvchilariga yo`nalishni ixtiyoriy ravishda ta’limni professional ta’lim muassasalari va oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish huquqini beradi.

Maktab-internatida o`qish-tarbiyaviy ishlar Agentlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy o`quv rejaga ko`ra ishlab chiqiladigan o`quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Maktab-internatidagi o`quv-tarbiya jarayoni bilan bog`liq boshqa masalalar umumiy o`rta ta’limning davlat ta’lim standartiga muvofiq belgilanadi.

Maktab-internatida o`quvchilar bepul ovqat bilan ta’minlanadilar. Zaruratga ko`ra o`quvchilarning yashashi uchun turar joy va lozim darajadagi shart-sharoitlar yaratiladi.

Tibbiy komissiya xulosasiga asosan bolalarga yakka tartibda uyda yoki masofaviy ta’lim berish tashkil qilinishi mumkin.

Maktab-internatida sinfdan tashqari mashg`ulotlar va to`garak ishlari o`quvchilar va ota-onalar xohish-istaklarini, o`quvchilarning qiziqishi, qobiliyatini hisobga olgan holda o`tkaziladi.