info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

“Ona tili millat tayanchi”

20:50 27.10.2020

21-oktyabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Hamid Olimjon va Zulfiya hiyobonida “Ona tili millat tayanchi” deb nomlangan maʼnaviy- maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir hbarcha tashkilot va korxona raxbarlari, vakillari va yoshlarning Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning muborak haykallari poyiga gulchambarlar qo‘yishi bilan boshlandi.

Tadbirda viloyat hokimligi, O‘zbekiston Xalq taʼlimi Vazirligi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax viloyat filiali, Jizzax Politexnika instituti, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab-internati, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yozuvchilar Uyushmasi viloyat bo‘limi kabi bir guruh hamkor tashkilotlar o‘z vakillari bilan ishtirok etishdi. Jizzax Politexnika instituti yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i B.Rashidova, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari M.Abdurahmonova, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashi raisi Sh.Damanova mazkur muhim sana munosabati bilan maʼruza qilishdi. Maktab-internat o‘quvchilari ona tilini tarannum etuvchi sheʼrlar aytishdi.