info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

1-Bosqich imtihonlari

08:00 03.08.2021

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida 2021-2022 o`quv mavsumi uchun kirish imtihonlari o`tkazilmoqda. Ushbu o`quv mavsumi uchun 330 nafar nomzod ijod maktabiga kirish uchun o`z hujjatlarini onlayn tarzda topshirishgan. Imtihon jarayonlarida  nomzod va ularning ota-onalariga barcha sharoitlar yaratilgan bo`lib, imtihonga kelgan ota-ona va ularning yaqinlari farzandining qay tartibda imtihon jarayonlarida qatnashayotganligini onlayn tarzda kuzatish imkoniyati yaratildi.