info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

“Ikki chashma” nomli davra suhbati

20:41 17.10.2020

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyida “Ikki chashma” nomli davra suhbati o‘tkazildi. Yig‘ilganlar Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning bosib o‘tgan yo‘li bilan birga ikki ijodkor sheʼriyatining jozibadorligi, ona tilimizning betakror ifodalardan foydalanishi haqida mulohazalar bildirdi. Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab internati o‘quvchi va ustozlari, viloyat bolalar kutubxonasi vakillari, muzey xodimlari ishtirok etdi. Ijodkor yoshlarning chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.