info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

Hamid Olimjon qalbimizda, yuragimizda!

07:10 14.12.2020

11-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi huzuridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida taniqli shoir, olim, dramaturg Hamid Olimjon tavalludining 111 yilligi munosabati bilan «Hamid Olimjon — barhayot siymo» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni ijod maktabi direktori D.Hamdamova ochib berdi. Davlatimiz madhiyasi yig’ilganlar tomonidan aytildi. Shuningdek, Hamid Olimjon hayoti va ijodiga oid saxna ko’rinishi namoyish etildi. Hamid Olimjon she’rlari va zamondoshlarining shoir haqidagi fikrlari tinglandi. 1-son Musiqa va sa’nat maktabi o’quvchilarining milliy raqslari ham tadbirga ko’rk bag’ishladi. Shundan so’ng O’zbekiston Davlat konservatoriyasi xodimi F.Qudratova, Yozuvchilar Uyushmasi viloyat bo’limi rahbari M.Abdurahmonova,Manaviyat va marifat markazi viloyat bo’limi raisi I.Umarova, Hamid Olimjonning avlodlaridan adabiyotshunos olima G.Umurova, O’tkir Egamberdiyev so’zga chiqib shoirni yod etishdi u bilan bog’liq xotiralarni yoshlar bilan o’rtoqlashishdi.

«Hamid Olimjon qalbimizda» nomli ijodiy ishlar tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimida tegishli tashkilot va muassasalardan kelgan mehmonlar ham ishtirok etdi. Tadbir so’ngida esa Agentlik rahbari Umarova Hilola O’ktamovnaning videolavha asosidagi Bayram tabrigi yig’ilganlarga namoyish etildi. Ushbu tadbir mahalliy va Markaziy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.