info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

Bilimlar kuni

07:14 07.09.2021

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Bilimlar kuni” o`tkazildi. Tadbirda viloyat Yozuvchilar uyushmasining vakillari, viloyat hokimligining mas’ullari, ota-onalar, o`quvchi va pedagoglar jamoasi ishtirok etishdi. Tadbir yakunida har bir sinflar uchun tashrif buyurgan mas’ullar “Mustaqillik dars”larini qiziqarli tarzda o`tishdi.