
Joriy yilning 18 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi o‘zbek tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Mening bayrog‘im-mening faxrim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirni maktab-internat direktori D.Xamdamova ochib berdi.

O‘quvchilarning she’riy va musiqiy chiqishlari bayramga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. 6-sinf o‘quvchilari bayroq haqidagi she’rlari bilan qatnashgan bo‘lishsa, 9-sinf o‘quvchilarining qo‘shiqlari va raqslari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
