info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

21-oktyabr O‘zbek tili bayrami

20:41 21.10.2020

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida 21-oktyabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davlat madhiyasini tinglash bilan boshlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Bir guruh maʼnaviyat targ‘ibotchilari Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” tomonidan “Maʼnaviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Taqdirlanganlar orasida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti faninin chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Xamdamova Dilafro‘z Baratullayevnaning borligi qalbimizda faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.

Dilafro‘z Baratullayevna O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Maʼnaviy maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4307 qaroriga muvofiq viloyatning maʼnaviy faoliyatidagi jonbozligi uchun Jizzax viloyat hokimining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

Shundan so‘ng maktab internat o‘quvchilari va isteʼdodli yoshlarning chiqishlari bayramga fayz ulashdi. Mazkur tadbir viloyat va Respublika ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi.