info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

Uchrashuv

07:19 07.01.2021

5 yanvar kuni O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyidning Jizzax viloyatiga tashrifi bo’lib o’tdi. Dastlab Sharof Rashidov va Hamid Olimjon va Zulfiya haykallari poyiga gulchambarlar qo’yildi.

O’zbekiston Xalq shoiri va bir guruh ijodkorlar jamoasi viloyatdagi ijodkorlar, o’quvchi yoshlar bilan samimiy suhbatda bo’ldi. Tadbir davomida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o’quvchisi Xolbekova Iroda tarjima yo’nalishidagi faolligi uchun Uyushmaning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. O’quvchi yoshlar o’z ijod namunalarini yig’ilganlarga va mehmonlarga havola etishdi.