info@ijodmaktab.uz +998 72 226 10 12

“Yangi O‘zbekiston — yangicha dunyoqarash”

09:04 10.11.2020

2020 yil 9-noyabr kuni Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida  “Yangi O‘zbekiston — yangicha dunyoqarash”  ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbir mehmonlari bino foyesida tashkil etilgan musiqiy dastalar faoliyati bilan tanishish bilan bir qatorda, viloyat sportchilarining turli ko‘rgazmali chiqishlaridan ham bahramand bo‘lishdi.

Pandemiya davrida davlatimiz tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda ehtiyojmand qatlam vakillariga katta e’tibor qaratish, Shuningdek islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, uning har bir kishi hayoti, farzandlari kelajagiga ta’sirini tushuntirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda “Yangi O‘zbekiston — yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ila sug‘orilgan she’rlar kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.